Afsonaning yangi sahifasi: yangilangan Mercedes-Benz GLE va GLS modellari taqdimoti

Markaziy Osiyoda ilk bor 2027 model yilidagi yangilangan Mercedes-Benz GLE va GLS modellari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Brendning ikki mashhur modeli ilk bor O‘zbekistonda namoyish etilib, Mercedes-Benz’ning afsonaviy yo‘ltanlamaslari tarixida yangi sahifani ochdi. Tadbirning o‘ziga xos jihati shundaki, unda bir vaqtning o‘zida beshta model taqdim etildi: Mercedes-Benz GLE 450, GLE 450 Coupé, Mercedes-AMG GLE 53, Mercedes-AMG GLE 53 Coupé va GLS. Bu mehmonlarga yangilangan model qatorining turli talqinlari — Mercedes-Benz’ga xos nafislikdan tortib, Mercedes-AMG’ning dinamik xarakterigacha yaqindan tanishish imkonini berdi. GLE va GLS Mercedes-Benz model qatorida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu modellar ko‘p yillardan buyon o‘ziga xos dizayn, yuqori darajadagi qulaylik, ilg‘or texnologiyalar va universallikni o‘zida mujassam etib, O‘zbekiston mijozlari orasida brendning talab yuqori bo‘lgan avtomobillari qatoridan joy olib kelmoqda. Model qatorining yangilanishi ushbu mashhur avtomobillarning rivojlanishini davom ettirib, ularning o‘ziga xos xarakterini saqlab qolgan holda Mercedes-Benz’ning doimiy takomillashuvga intilishini aks ettiradi. Yopiq taqdimot brend mijozlari va muxlislarini bir joyga jamlab, ularga yangi modellarni birinchilardan bo‘lib ko‘rish, ular bilan yaqindan tanishish va o‘ziga xos jihatlarini baholash imkonini berdi. Mazkur taqdimot O‘zbekiston avtomobil bozori uchun muhim voqea bo‘lib, Mercedes-Benz’ning mintaqadagi model takliflarini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadamga aylandi. Yangilangan Mercedes-Benz GLE va GLS modellari O‘zbekistondagi rasmiy Mercedes-Benz markazlarida taqdim etilgan.